Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasida 2020 yil 9 yanvar kuni oʼtkazilgan yoshlar bilan ochiq muloqot haqida.
Joriy yilning 9 yanvar kuni Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasida, 2019 yil 27 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda boʼlib oʼtgan yoshlar bilan uchrashuvda takidlab oʼtgan masalalari va topshiriqlari hamda oxirgi yillarda olib borilayotgan Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida ochiq muloqot yigʼilish bayoni boʼlib oʼtdi.
Jumladan, Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirilishi zamirida yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan tashabbuskor va shijoatli yosh avlodni voyaga yetkazish kabi ezgu maqsadlar sari muhim qadamlar qoʼyilayotganligi.
Eʼtirof etilganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati mustahkam huquqiy asosga ega ekanligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va koʼplab qonunlarda oʼz ifodasini topganligi.
Oʼtgan davr mobaynida yangi qonun, yosh avlod manfaatlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar koʼlamini yanada kengaytirishga xizmat qilishi, davlat tomonidan yoshlarni qoʼllab-quvvatlashning mexanizmlari mustahkamlab qoʼyilgani hamda ularning boy oʼtmishimiz, anʼanalarimizni mukammal biladigan, yot gʼoyalarga qarshi tura oladigan, “ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik koʼrinishidagi tahdidlarga qarshi kurasha oladigan boʼlib ulgʼayishida muhim ahamiyatga ega ekanligi yana bir bor takidlab oʼtildi.
Qo‘mitamiz har yili o‘z rejalarini davlatimiz rahbariyati tomonidan belgilab berilayotgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mos ravishda ishlab chiqib, respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga va aholi turmush sharoitining yaxshilanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, qo‘mitamiz tizimida 300dan ortiq hodimlar mehnat qilishi va shularning 40 dan ortig‘i, ya’ni qariyb 14 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr-mulohazalari va takliflari bilan o‘rtoqlashish mazkur ochiq muloqotda ishtirok yetayotgan yoshlarni taklif va muommolari mavjud bo‘lsa uni hal etishda hamda rahbarlarga yetkazishda yoshlarga ko‘maklashishi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganda birinchilardan bo‘lib qabul qilgan qonunlari bu yoshlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilganligi, bu ishlar oxirgi yillarda yanada takomillashtirilib katta etibor qaratilayotganligi, yoshlarni takliflari va muommolarini o‘rganish va hal etishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzildganligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi.
Keyingi o‘rinda qo‘mita yoshlari O‘zbekiston Respublikasining olib borayotgan yoshlarga oid davlat siyosati va yoshlarga qaratilayotgan alohida etiborga ijobiy fikirlarini bildirib, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlayotgan hodimlarni hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishda avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olishda amalga oshirgan ishlari va erishgan natijalari haqida gapirib o‘tildi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Yoshlari har chorakda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazish kelishib olindi.